3 — muhim fakt

[ A+ ] /[ A- ]

MS Word ko`rinishiBuxoro viloyat “Qishloqho`jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatida sodir bo`lgan muhim faktlar to`g`risida  ma’lumot

 

Emitentning nomi – Buxoro viloyat “Qishloqho`jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyati

Joylashgan yeri (pochta manzili) – 200100, Buxoro viloyati, Buxoro shaxar, A.G’ijduvoniy ko`chasi 31- uy

 

Xabar raqami – 03

Muhim faktning nomi – Emitentning oliy boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar.

Umumiy yig`ilish turi – Aksiyadorlarning 2014 yil yakuni bo`yicha umumiy yig`ilishi.

Umumiy yig`ilish o`tkazish shakli  — ochiq

Umumiy yig`ilish o`tkazish  sanasi  — 2015 yil 13 iyun

Umumiy yig`ilish bayonnomasi tuzilgan sana – 2015 yil 22 iyun.

Umumiy yig`ilish o`tkazish joyi — Buxoro shaxar A.G’ijduvoniy ko`chasi 31- uyda

Umumiy yig`ilish kvorumi –  68,93 %

Ovozga qo`yilgan masalalar: ovoz berish yakunlari (%, ovozlar soni):
rozi karshi betaraf
1. Jamiyat kuzatuv kengashining 2014 yil yakuni bo`yicha hisobotini tinglash va tasdiqlash. 450 675 —— ——
2.  Jamiyatning 2014 yilgi moliyaviy-xo`jalik faoliyati yakunlari bo`yicha ijro organi rahbarining hisobotini tinglash va tasdiqlash 450 675 —— ——
3.  2014 yil yakunlari bo`yicha tashqi auditor xulosasini tinglash va tasdiqlash. 450 675 —— ——
4.  2014 yil yakunlari bo`yicha taftish komissiyasi hisobotini tinglash va tasdiqlash. 450 675 —— ——
5.    Jamiyatning  2014 yil xo`jalik–faoliyati yakunlari bo`yicha yillik balans va moliyaviy hisobotini tasdiqlash. 450 675 —— ——
6.   Jamiyatning 2014 yil yakuni bo`yicha olgan 577 285,0  ming so`m sof foydasini tasdiqlash va dividend miqdorini belgilash. Bunda bir dona aksiyaga 441,44 so`mdan divident ma’qullansin. 450 675 —— ——
7.  Jamiyatning 2015 yil uchun biznes rejasini tasdiqlash. Bunda sof foyda 544 680 ming so`m etib belgilansin. 450 675 —— ——
8. 2015 yil uchun auditorlik tashkilotini tayinlash va unga to`lanadigan xizmat haki chegarasini belgilash —— —— ——
«NAZORAT AUDIT» MChJ 759 —— ——
«PROMSTROY-AUDIT» MChJ 449 164 —— ——
«MAGNIT FINANS» MChJ 0 —— ——
 auditorning xizmat haqi chegarasini eng kam oylik ish hakining 90 baravari miqdorigacha belgilash 434 884 —— ——
9.   Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining yangi tarkibini saylash. ——- —— ——
Xoshimov T.M. 353 232 —— ——
Babayev M.T 642 224 —— ——
Aslonov O.J. 663 376 —— ——
Nishonov Sh.Sh 589 616 —— ——
Ernazarov B.U. 346 769 —— ——
Nurnazarov S.I. 345 544 —— ——
Sattorov R. 407 974 —— ——
Umarov F.M. 11 878 —— ——
O.Qudratov 1 134 —— ——
N.X.Tursunova 344 210 —— ——
Jurayev A.A. 344 210 —— ——
10. Jamiyat taftish komissiya a’zolarining yangi tarkibini saylash. ——- —— ——
Rizzayeva N.Sh.- «O’zkimyosanoat» DAK yetakchi hisobchisi- 0,0 433 451
Cho`ttiyev X. — «Navoiazot» OAJ bosh hisobchisi o`rinbosari- 0,0 434 895
Jamolov Sh.B. — “Buxoroenergomarkaz” OAJ hisobchisi-312 ta oddiy, naqdsiz aksiya. 433 106
Kisel N.A. — Davlat raqobat qo`mitasi boshqarma boshlig`i o`rinbosari- 0,0 809
11.  Jamiyat ijro organi a’zolari tarkibini saylash. —— —— ——
vakant -boshqaruv raisi 3 311 —— ——
Ravshanov Nutfullo- boshqaruv raisining 1-o`rinbosari 450 675 —— ——
Ismoilov Sherzod — boshqaruv raisi o`rinbosari 450 625 —— ——
Jomurodov Baxodir- jamiyat bosh hisobchisi 450 625 —— ——
Ergashev Ulugbek- ta’minot bo`limi boshlig`i. 450 625 —— ——
12.  Jamiyatning  yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.  ——- —— ——
13. 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli Farmon talablari asosida jamiyatning Ustavi va ichki hujjatlariga kiritiladigan tegishli qo`shimcha hamda  o`zgartirishlarni tasdiqlash. 450 675 —— ——
14. Jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi, mehnat jamoasini rag`batlantirish Nizomini tasdiqlash. 450 675
15. Jamiyat hisobidagi ta’mirlash imkoni bo`lmagan yaroqsiz va iqtisodiy zarar keltirayotgan texnika vositalarini o`rnatilgan tartibda davlat raqobat qo`mitasi viloyat boshqarmasi roziligi asosida jamiyat boshqaruvining nazorati va javobgarligi ostida sotish (yoki) hisobdan chiqarish. 450 675
Umumiy yig`ilish tomonidan qabul qilingan qarorlarning to`liq bayoni :
1.  Jamiyat kuzatuv kengashining 2014 yil 25 iyundan 2015 yil 13 iyuniga qadar davrdagi faoliyati bo`yicha hisoboti va qabul qilingan qarorlari tasdiqlansin.
2. Jamiyat ijro organi rahbarining 2014 yil yakunlari bo`yicha hisoboti “qoniqarli” deb topilsin.
3. 2014yil yakunlari bo`yicha «PROMSTROY-AUDIT» MChJ auditorlik tashkilotining 26 aprel 2015 yilgi auditorlik xulosasi tasdiqlansin.
4. Jamiyat taftish komissiyasining 2014 yil yakunlari bo`yicha hisoboti tasdiqlansin.
5. Jamiyatning 2014 yil yakunlari bo`yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy hisoboti tasdiqlansin.
6. Jamiyatning 2014 yil yakunlari bo`yicha olgan 577 285,0  ming so`m sof foydasi quyidagicha taqsimlansin: Keyinchalik ustav fondini oshirishda foydalanish (kapitalizatsiyalash) sharti bilan ishlab chiqarish fondini rivojlantirishga sof foydaning 38,7% miqdorida 223 409,295 ming so`m, mehnatni muhofaza qilish fondiga sof foydaning 1% miqdorida –5 772,85 ming so`m, yangi texnologiyalar (innovatsiyalar)ni joriy etish jamg`armasiga sof foydaning 1% miqdorida —  5 772,85 ming so`m, Kuzatuv kengashi a’zolarini rag`batlantirishga sof foydaning 6,5 foizi, ya’ni – 37 523,25 ming so`m, jamiyatning boshqaruv a’zolarini rag`batlantirishga sof foydaning 2,3 foizi, ya’ni –  13 277,555 ming so`m, Taftish komissiyasi a’zolarini rag`batlantirishga sof foydaning 0,5 foizi, ya’ni –                                2 886,425 ming so`m, Dividend taqsimotiga sof foydaning 50% miqdorida – 288 642,5  ming so`m. Nominal qiymati 1000 so`m bo`lgan har bir aksiyaga 441,44 so`mdan dividend hisoblansin.
7. Jamiyatning 2015 yilgi biznes rejasi va xarajatlar smetasi tasdiqlansin. Sof foyda olish rejasi  544 680 ming so`m qilib belgilansin.
8.  Jamiyatning 2015 yil uchun tashqi auditori qilib «PROMSTROY-AUDIT» MChJ auditorlik tashkiloti tasdiqlansin. Unga to`lanadigan haq miqdori eng kam ish haqining 90 baravari miqdorida belgilansin.
9. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari tarkibi quyidagicha tasdiqlansin: T.M.Xoshimov, B.U.Ernazarov, O.J.Aslonov, M.T.Babayev, Sh.Sh.Nishonov, R.Sattorov, S.I.Nurnazarov, N.X.Tursunova va A.A. Jurayev.
10.Taftish komissiyasi a’zolari tarkibi quyidagicha tasdiqlansin:N.Sh.Rizzayeva,X.Cho`ttiyev, Sh.B.Jamolov.
11. Jamiyat boshqaruv a’zolari etib quyidagilar tasdiqlansin: N.Ravshanov,  Sh.Ismoilov, B.Q.Jomurodov, U.Ergashev.
12. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi
PF-4720-sonli Farmonida keltirilgan namunaviy tuzilma asosida tayyorlangan Buxoro viloyat «Qishloqxo`jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik jamiyati tashkiliy tuzilmasi tasdiqlansin.
13. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4720-sonli Farmoni asosida amaldagi qonunchilikka kiritilayotgan o`zgarishlarni inobatga olib, jamiyatning Ustavi va boshqaruv organlari to`g`risidagi Nizomlariga kiritilgan o`zgartirish matni ilovaga asosan tasdiqlansin.
14. Jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi, mehnat jamoasini rag`batlantirish Nizomi tasdiqlansin. Kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruv organiga rag`batlantirish uchun ajratilgan mablag`lar ushbu organlarning yig`ilish qaroriga muvofiq  taqsimlansin.
15.  Jamiyat hisobidagi ta’mirlash imkoni bo`lmagan yaroqsiz va iqtisodiy zarar keltirayotgan texnika vositalarini o`rnatilgan tartibda davlat raqobat qo`mitasi viloyat boshqarmasi roziligi asosida jamiyat boshqaruvining nazorati va javobgarligi ostida sotish va (yoki) hisobdan chiqarishga ruxsat berilsin.
16. Yig`ilish qarorlarining bajarilishi ijrosini ta’minlash jamiyat boshqaruviga va ijrosi nazorati kuzatuv kengashiga topshirilsin.

 

 

 

Ijroiya organi rahbari v.v.b:                                              N.Z.Ravshanov