Kimyo sanoati O`zbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar sirasiga kiradi va qishloq xo`jalik ishlab chiqarishni jadallashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib mineral o`g`itlar chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topgan.
Respublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shorsuv oltin gugurt koni 1932 yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi.
1940 yilda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi — Chirchiq elektrkimyo kombinati (bugungi kunda «Maksam-Chirchiq» OAJ) mahsulot bera boshladi.
1962 yilda Farg`ona azotli o`g`itlar zavodi(bugungi kunda «Farg`onaazot» OAJ) ishga tushirildi.
1964 iylda navoiy kimyo kombinati (bugungi kunda «Navoiyazot» OAJ) mahsulot bera boshladi.
1969 yilda Olmaliq kimyo zavodi (bugungi kunda «Ammofos» OAJ) ishga tushirildi.
Hozirgi vaqtda «Maksam-Chirchiq», «Navoiyazot» va «Farg`onaazot» ochiq aksiyadorlik jamiyatlar azotli o`g`itlar — ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfati ishlab chiqaradilar. «Ammofos», «Samarqankimyo» va «Qo`qon superfosfat zavodi» ochiq aksiyadorlik jamiyatlar fosforli o`g`itlar — ammofos, suprefos, oddiy ammoniyli superfosfat, ammoniysulfofosfat va nitrokalsiyfosfat — ishlab chiqaradilar. Ularni xom ashyo bilan Qizilqum fosforit kombinati ta’minlaydi. «Elektroximzavod» QK-YoAJ o`simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalarni ishlab chiqaradi.
Kompaniya korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlaridan kelib chiqib quyidagi ishlab chiqarish majmualarga bo`lish mumkin:
- mineral o`g`itlar, noorganik moddalar va energetika, oltinkon va kimyo sanoatlari uchun kimyo reagentlar ishlab chiqarish majmuasi;
- organik kimyo, sun’iy tola va polimer materiallar ishlab chiqarish majmuasi;
- o`simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalari ishlab chiqarish majmuasi;
- kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish majmuasi.
«O`zkimiyosanoat» DAK korxonalari 170-dan ortiq kimyo mahsulotlar turlari ishlab chiqariladi.