Buxoro viloyat «Qishloqxo`jalikkimyo» HAJ aksiyadorlari diqqatiga!

[ A+ ] /[ A- ]

Buxoro viloyat «Qishloqxo`jalikkimyo» HAJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi 2015 yil 18 mart kuni soat 18-00 da Buxoro shahar A.G`ijduvoniy ko`chasi 31-uyda joylashgan jamiyat ma’muriy binosidagi majlislar zalida o`tkaziladi. Aksiyadorlar va ularning vakillarini  ro`yxatga olish soat 17-00 dan boshlanadi. 

Yig`ilish kun tartibi:

  1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi raisi va kotibini saylash.
  3. Sanoq komissiyasini tasdiqlash.
  4. Jamiyatning 569 dona, Ustav fondiga nisbatan 0,09% aksiyalarini “O`zkimyosanoat” DAK Ustav fondiga berishni aksiyadorlar bilan kelishish.
  5. “O`zkimyosanoat” DAK Ustav fondiga berilayotgan aksiyalarning joylashtirish qiymatini belgilash vakolatini jamiyat Kuzatuv kengashiga berishni tasdiqlash.
  6. Buxoro viloyat «Qishloqxo`jalikkimyo» HAJ aksiyadorlarining 2014 yil 25 iyundagi umumiy yig`ilishi qarori 14 bandining “Jamiyatning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash” qismini bekor qilish.
  7. Jamiyatning yangi tahrirdagi Ustavini qayta tasdiqlash.

 

Aksiyadorlar yig`ilishga pasport, ularning vakillari notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan kelishlari shart.Navbatdan tashqari umumiy yig`ilishga tayyorlanadigan hujjatlar bilan jamiyat ma’muriyatida tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: 0(365) 221-21-83; 221-24-62.

Kuzatuv kengashining 05.03.2015 yilgi yig`ilish karoriga asosan umumiy yig`ilishga aksiyadorlarni xabar qilish uchun reyestr 2015 yil 05 mart holatiga va navbatdan tashqari umumiy yig`ilishda katnashish huquqiga ega bo`lgan aksiyadorlar ro`yxati 2015 yil 12 mart holatiga tuziladi.

 

                                                                                      Kuzatuv kengashi