Buxoro viloyat «Qishloqxo`jalikkimyo» HAJ aksiyadorlari diqqatiga!
Buxoro viloyat «Qishloqxo`jalikkimyo» HAJ aksiyadorlarining umumiy yig`ilishi 2015 yil 13 iyun kuni soat 15-00 da Buxoro shahar A.G`ijduvoniy ko`chasi 31-uyda joylashgan jamiyat ma’muriy binosidagi majlislar zalida o`tkaziladi. Aksiyadorlar va ularning vakillarini ro`yxatga olish soat 14-00 dan boshlanadi.
Yig`ilish kun tartibi:
- Jamiyat kuzatuv kengashining 2014 yil yakuni bo`yicha hisobotini tinglash va tasdiqlash.
- Jamiyatning 2014 yilgi moliyaviy-xo`jalik faoliyati yakunlari bo`yicha ijro organi rahbarining hisobotini tinglash va tasdiqlash.
- 2014 yil yakunlari bo`yicha tashqi auditor xulosasini tinglash va tasdiqlash.
- 2014 yil yakunlari bo`yicha taftish komissiyasi hisobotini tinglash va tasdiqlash.
- Jamiyatning 2014 yil xo`jalik–faoliyati yakunlari bo`yicha yillik balans va moliyaviy hisobotini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2014 yil yakuni bo`yicha olgan sof foydasini tasdiqlash va dividend miqdorini belgilash.
- Jamiyatning 2015 yil uchun biznes rejasini tasdiqlash.
- 2015 yil uchun auditorlik tashkilotini tayinlash va unga to`lanadigan xizmat haqi chegarasini belgilash.
- Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining yangi tarkibini saylash.
- Jamiyat taftish komissiya a’zolarining yangi tarkibini saylash.
- Jamiyat ijro organi a’zolari tarkibini saylash.
- Jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
- 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli Farmon talablari asosida jamiyatning Ustavi va ichki hujjatlariga kiritiladigan tegishli qo`shimcha va o`zgartirishlarni tasdiqlash.
- Jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi, mehnat jamoasini rag`batlantirish Nizomini tasdiqlash.
- Jamiyat hisobidagi ta’mirlash imkoni bo`lmagan yaroqsiz va iqtisodiy zarar keltirayotgan texnika vositalarini (jamiyatning 08-08-519/R-sonli xati) o`rnatilgan tartibda davlat raqobat qo`mitasi viloyat boshqarmasi roziligi asosida jamiyat boshqaruvining nazorati va javobgarligi ostida sotish (yoki) hisobdan chiqarish.
Aksiyadorlar yig`ilishga pasport, ularning vakillari notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan kelishlari shart. Umumiy yig`ilishga tayyorlanadigan hujjatlar bilan jamiyat ma’muriyatida yoki jamiyatning elektron veb saytida (www.Buxorokimyo.uz) tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefonlar: 0(365) 221-21-83; 221-24-62.
Kuzatuv kengashining 23.05.2015 yilgi yig`ilish karoriga asosan umumiy yig`ilishga aksiyadorlarni xabar qilish uchun reyestr 2015 yil 23 may holatiga va umumiy yig`ilishda katnashish huquqiga ega bo`lgan aksiyadorlar ro`yxati 2015 yil 9 iyun holatiga tuziladi.
Kuzatuv kengashi
Jamiyat raisi v.b N.Z.Ravshanov