Buxoro viloyat «Qishloqxo`jalikkimyo» HAJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi 2015 yil 12 dekabr kuni soat 15-00 da Buxoro shahar A.G`ijduvoniy ko`chasi 31-uyda joylashgan jamiyat ma’muriy binosidagi majlislar zalida o`tkaziladi. Aksiyadorlar va ularning vakillarini ro`yxatga olish soat 14-00 dan boshlanadi.
Yig`ilish kun tartibi:
- Jamiyat boshqaruv raisini saylash.
- Jamiyat boshqaruv raisi bilan bir yil muddatga shartnoma tuzish.
- Jamiyat ijro organi a’zolari tarkibini qayta
Aksiyadorlar yig`ilishga pasport, ularning vakillari notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan kelishlari shart. Umumiy yig`ilishga oid hujjatlar bilan jamiyat ma’muriyatida yoki jamiyatning elektron veb saytida (www.Buxorokimyo.uz) tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefonlar: 0(365) 221-21-83; 221-24-62.
Kuzatuv kengashining 21.11.2015 yilgi yig`ilish qaroriga asosan navbatdan tashqari umumiy yig`ilishga aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr 2015 yil 21 noyabr holatida va navbatdan tashqari umumiy yig`ilishda qatnashish huquqiga ega bo`lgan aksiyadorlar ro`yxati 2015 yil 05 dekabr holatida tuziladi.
Kuzatuv kengashi
Jamiyat raisi v.b: A.A.Ostonov