Buxoro viloyat «Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJ aksiyadorlari diqqatiga!

[ A+ ] /[ A- ]

Buxoro viloyat «Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJ aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi 2016 yil 25 iyun kuni soat 10-00 da Buxoro shahar A.G’ijduvoniy ko‘chasi 31-uyda joylashgan jamiyat ma’muriy binosidagi majlislar zalida o‘tkaziladi. Aksiyadorlar va ularning vakillarini  ro‘yxatga olish soat 9-00 dan boshlanadi.

          Buxoro viloyat «Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJ aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi 2016 yil 25 iyun kuni soat 10-00 da Buxoro shahar A.G’ijduvoniy ko‘chasi 31-uyda joylashgan jamiyat ma’muriy binosidagi majlislar zalida o‘tkaziladi. Aksiyadorlar va ularning vakillarini  ro‘yxatga olish soat 9-00 dan boshlanadi.

Yig‘ilish kun tartibi:

  1. Jamiyat kuzatuv kengashining 2015 yilda bajargan ishlar yuzasidan xisobotini

eshitish va tasdiqlash.

  1. 2015 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha jamiyat boshqaruv raisining hisobotini eshitish va tasdiqlash.
  2. Jamiyat boshqaruv raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini 1 yil muddatga uzaytirish.
  3. Jamiyat ijroiya organi tarkibini tuzish.
  4. Jamiyat taftish komissiyasining 2015 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  5. Jamiyat tashqi auditorining 2015 yil moliya xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  6. Jamiyatning 2015 yillik hisobotini tasdiqlash.
  7. Jamiyatning 2016 yil uchun Biznes rejasini tasdiqlash.
  8. Jamiyatning 2015 yil moliyaviy xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.
  9. Jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda

jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari

belgilangan strategiyasini tasdiqlash.

  1. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
  2. Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
  3. Jamiyatning ustaviga kiritiladigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar matnini tasdiqlash.
  4. Jamiyatning ijroiya organiga (kollegial boshqaruv organiga) to‘lanadigan haq va kompensatsiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash.
  5. 15. Jamiyatga “Korporativ boshqaruv kodeksini” joriy etish.
  6. Jamiyat faoliyatiga Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar berish shaklini tasdiqlash.
  7. 2016 yil uchun tashqi auditorlik tashkiloti tayinlash va unga xizmat xaqi chegarasini belgilash.
  8. Jamiyat tomonidan amalga oshirilgan homiyliklarni tasdiqlash va jamiyat xarajatlariga olish.
  9. 19. Jamiyat ichki xujjatlarini tasdiklash tugr

-Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizom;

-Kuzatuv kengashi tugrisidagi Nizom;

— Taftish komissiyasi (taftishchi) to‘g‘risidagi Nizom;

— Ijroiya organi to‘g‘risidagi Nizom;

— Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;

— Ichki nazorat to‘g‘risidagi Nizom;

— Axborot siyosati to‘g‘risidagi Nizom;

— Dividend siyosati to‘g‘risidagi Nizom;

-Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga Nizomga asosan haq to‘lash;

— Jamiyat ijro organi rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Nizomni  tasdiqlash..

  1. 20. Jamiyat hisobidagi ta’mirlash imkoni bo‘lmagan yaroqsiz, iqtisodiy zarar keltirayotgan texnika vositalari (jamiyatning 2016 yil 25 apreldagi  08-08-221/O — sonli xati) o‘rnatilgan tartibda davlat raqobat qo‘mitasi viloyat boshqarmasi roziligi asosida jamiyat boshqaruvining nazorati va javobgarligi ostida sotish va hisobdan chiqarish hamda jamiyatga 2 ta yengil avtomashina sotib olish.

Aksiyadorlar yig‘ilishga pasport, ularning vakillari notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan kelishlari shart. Umumiy yig‘ilishga tayyorlanadigan hujjatlar bilan jamiyat ma’muriyatida yoki jamiyatning elektron veb saytida (www.Buxorokimyo.uz) tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: 0(365) 221-21-83; 221-24-62.

Kuzatuv kengashining 28.05.2016 yilgi yig‘ilish karoriga asosan umumiy yig‘ilishga aksiyadorlarni xabar qilish uchun reyestr 2016 yil 28 may holatiga va umumiy yig‘ilishda katnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2016 yil 21 iyun holatiga tuziladi.