Buxoro viloyat «Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJ aksiyadorlari diqqatiga!

[ A+ ] /[ A- ]

Buxoro viloyat «Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2016 yil 10 sentabr kuni soat 11-00 da Buxoro shahar A.G’ijduvoniy ko‘chasi 31-uyda joylashgan jamiyat ma’muriy binosidagi majlislar zalida o‘tkaziladi. Aksiyadorlar va ularning vakillarini  ro‘yxatga olish soat 9-00 dan boshlanadi.

Yig‘ilish kun tartibi:

  1. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  3. Jamiyat boshqaruvining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini tinglash.
  4. Jamiyat mulkchilik shaklini mas’uliyati cheklangan jamiyatga o‘zgartirish.
  5. Mulkchilik shaklini o‘zgartirish tartibi va shartlarini tasdiqlash.

Aksiyadorlar yig‘ilishga pasport, ularning vakillari notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan kelishlari shart. Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga tayyorlanadigan hujjatlar bilan jamiyat ma’muriyatida yoki jamiyatning elektron veb saytida (www.Buxorokimyo.uz) tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: 0(365) 221-21-83; 221-24-62.

Kuzatuv kengashining 27.08.2016 yilgi yig‘ilish karoriga asosan umumiy yig‘ilishga aksiyadorlarni xabar qilish uchun reyestr 2016 yil 27 avgust holatiga va umumiy yig‘ilishda katnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2016 yil 6 sentabr holatiga tuziladi.

Jamiyat qayta tashkil etilishi munosabati bilan aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalarini jamiyat tomonidan bozor baxosida sotib olinishini talab etish huquqi paydo bo‘ladi.

Aksiyalar birja kotirovka bahosida sotib olinadi.