Buxoro viloyat «Agrokimyoximoya» AJ aksiyadorlari diqqatiga!

[ A+ ] /[ A- ]

Buxoro viloyat «Agrokimyoximoya» AJ aksiyadorlari diqqatiga!

         Buxoro viloyat «Agrokimyohimoya» AJ aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2017 yil 21 iyun  kuni soat 18-00da Buxoro shahar A.G’ijduvoniy ko‘chasi 31-uyda joylashgan jamiyat majlislar zalida o‘tkaziladi. Aksiyadorlar va ularning vakillarini  ro‘yxatga olish soat 16-00 dan boshlanadi.

 Yig‘ilish kun tartibi:

  1. Jamiyat kuzatuv kengashining 2016 yilda bajargan ishlar yuzasidan xisobotini eshitish va tasdiqlash.
  2. 2016 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha jamiyat direktorining hisobotini eshitish va tasdiqlash.
  3. Jamiyat direktori bilan mazkur umumiy yig‘ilishga qadar tuzilgan mehnat shartnomasini 1 yil muddatga uzaytirish.
  4. Jamiyat ijroiya organi a’zolari tarkibini saylash.
  5. Jamiyat taftish komissiyasining 2016 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  6. Jamiyat auditorining 2016 yil moliya xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  7. Jamiyatning 2016 yillik hisobotini tasdiqlash;
  8. Jamiyatning 2017 yil uchun Biznes rejasini tasdiqlash;
  9. Jamiyatning 2016 yil moliyaviy xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash;
  10. 2017 yil uchun auditorlik tashkilotini tayinlash va unga to‘lanadigan xizmat haki chegarasini belgilash.
  11. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;
  12. Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
  13. Jamiyatning ijroiya organiga (kollegial boshqaruv organiga) to‘lanadigan haq va kompensatsiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash;
  14. Jamiyatning yangi tahrirdagi ichki Nizomlarini tasdiqlash;
  15. Jamiyat tomonidan amalga oshirilgan xomiyliklarni tasdiqlash va jamiyat xarajatlariga olish.
  16. Jamiyat hisobidagi ta’mirlash imkoni bo‘lmagan yaroqsiz va iqtisodiy zarar keltirayotgan texnika vositalarini o‘rnatilgan tartibda davlat raqobat qo‘mitasi viloyat boshqarmasi roziligi asosida jamiyat boshqaruvining nazorati va javobgarligi ostida sotish (yoki) hisobdan chiqarish.

Aksiyadorlar yig‘ilishga pasport, ularning vakillari notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan kelishlari shart. Umumiy yig‘ilishga tayyorlanadigan hujjatlar bilan jamiyat ma’muriyatida yoki jamiyatning elektron web saytida (www.Buxorokimyo.uz) tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: 0(365) 221-21-83; 221-24-62.

Kuzatuv kengashining 31.05.2017 yilgi yig‘ilish karoriga asosan umumiy yig‘ilishga aksiyadorlarni xabar qilish uchun reyestr 2017 yil 6 iyun holatiga va umumiy yig‘ilishda katnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2017 yil 15 iyun holatiga tuziladi.

 

Kuzatuv kengashi