DIQQAT E’LON!

[ A+ ] /[ A- ]

 Buxoro viloyat “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati 2017 yil yakunlari bo‘yicha jamiyatning korporativ boshqaruv tizimini baxolovchi mustakil tashkilotni tanlab olish uchun tanlov e’lonqiladi. 

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflari 2018 yilning 15 fevralidan 2018 yil 1 martiga qadar kabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xo‘jalik sub’ektlaridan quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:

  1. Xo`jalik sub’ektlarining Korporativ boshqaruv tizimini baxolash xuquqini beruvchi belgilangan tartibdagi ruxsatnomaning (sertifikat, litsenziya) nusxasi;
  2. Ishtirokchining davlat ruyxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvoxnomaning nusxasi;
  3. Ko‘rsatilgan xizmat xaqqining miqdori ko‘rsatilgan xolda beriladigan tijorat taklifi;
  4. Ishtirokchilar o‘zlari lozim deb bilgan boshka ma’lumotlar.

Taklif va hujjatlarni jamiyatning rasmiy veb-sayti: www.Buxorokimyo.uz yoki jamiyatning elektron manzili: akhiqtisod@mail.ru pochtasiga va Buxoro viloyati, Buxoro shaxri, A.Gijduvoniy ko‘chasi, 31 uy manziliga yuborish so‘raladi:

Tanlov hujjatlari qabul qilinishi tugagandan so‘ng 15 (o‘n besh) ish kun ichida o‘tkaziladi. Tanlov natijalari jamiyatning  rasmiy  www.Buxorokimyo.uz  veb-saytida ma’lum qilinadi. Tanlov g‘olibiga xabar tanlov o‘tkazilgandan so‘ng 5 (besh) ish kun ichida ko‘rsatilgan manzilga (elektron pochta va yuridik manziliga) yuboriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni (+99865-221-21-83) raqami orqali jamiyatning korporativ munosabatlar bo‘limiga murojaat qilib olishingiz mumkin.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *